HikoyalarTanlangan
HUKM
Mastura Abduraim
2026-yil 10-fevral
1 daqiqa o'qish2ko'rish0 yoqtirish0 izoh

#kitob
Ona hasharotni o'ldirishga chog'lanayotgan jajji o'g'ilchasini to'xtatdi.
-Bolajonim, axir uni uyida sendek kichkinagina bolachasi ,,Oyijonim qachon ovqat olib kelarkin?"-deb kutib o'tirgandir. Ozor bermagin xo'pmi?
Bolakay ko'zlarini mo'ltiratib, onasiga qarab qoldi, avvaliga ko'zlarida yosh jilvalandi, keyin qoshlari chimrilib do'mboq yuzchalari burishib ketdi.
Yo'q, onasi uyida, bolasiga qarab o'tiribdi. Mana bu esa ikkalasini ham yig'latib, o'zi uzoqlarga ketib qolgan. Bu dadasi!
Bolakay zarb bilan hasharotni ezg'iladi.